“Mo'g'ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 17.07.2025-y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida 2025–2026-yillarda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: Mo'g'ulistondan O'zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko'paytirish orqali ularning sonini 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish; meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Mo'g'ulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga ko'paytirish choralarini ko'rish. 2025-yil 1-avgustdan 2027-yil 31-dekabrgacha Mo'g'ulistondan mayda shoxli mollarni O'zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga: havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi; QQSni to'lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to'lov ta'minotisiz kechiktirib to'lash imkoniyati beriladi. 2025–2026-yillarda quyidagilar tashkil etiladi: Mo'g'ulistonning yirik savdo markazlarida “O'zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida O'zbekiston mahsulotlari stendi; O'zbekiston-Mo'g'uliston savdo uyi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.