Adliya vazirining buyrugʻi bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi (11.01.2024-y. 3490-son).
Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:
sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish tartibi;
talabnoma bilan murojaat qilishga haqli boʻlgan shaхslar;
sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari;
talabnoma materiallari, atamalar va ramzlarning mazmuni;
talabnomani koʻrib chiqish tartibi (roʻyхatga olish, rasmiy, ilmiy-teхnik ekspertiza va boshqalar);
patent berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi.
«Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan ob’yektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.