Kuzatuvchi.uz / AL-XORAZMIY UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

AL-XORAZMIY UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2025-yildagi PQ-160-sonli qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan

matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sun’iy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;

ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish.

Universitetda ta’lim jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan tashkil etiladi hamda talabalarni o‘qitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

23-06-2025, 11:30
Saytga qaytish