Kuzatuvchi.uz / KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish;

hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.

Institut Jamoat хavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

5-03-2024, 07:25
Saytga qaytish