“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (288-son, 02.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilarga muvofiq, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
fuqarolik jamiyati institutlariga ko'maklashish hamda ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash;
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolik jamiyati vakillarini ma'naviy rag'batlantirish hamda islohotlarni sarhisob va targ'ib qilish.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.