Kuzatuvchi.uz / JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIK YANADA JADALLASHTIRILADI

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIK YANADA JADALLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”giFarmoni(PF-74-son, 30.04.2025-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;

bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi ta’minlanadi;

oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;

respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtiriladi.

 

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Вчера, 13:44
Saytga qaytish