“Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot etishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-465-son, 30.12.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi: qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishni tashkil qilish boʻyicha: Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulot etishtirish, qishloq xoʻjaligi sub'ektlariga urugʻ va koʻchatlar etkazib berish hamda etishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi; Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini oʻrganadi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.