Ichki hujjatlarda ikki hissadan koʻproq haq toʻlanishi belgilanishi mumkin. Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga koʻra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensasiya qilinishi mumkin. Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga oʻzining xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq toʻlanadi. Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq toʻlanadi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.