Kuzatuvchi.uz / BILIB OLING

BILIB OLING

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (894-son 27.12.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash; jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, energiya tejovchi zamonaviy romlar va qurilish izolyasiya materiallarini xarid qilishni yoʻlga qoʻyish; tijorat banklari tomonidan “yashil” iste'mol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar boʻyicha foizlarning bir qismiga kompensasiyalar ajratishni yanada kengaytirish.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2025, 02:39
Saytga qaytish