Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi: oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi: 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 40 foizi; 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi; turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.