Kuzatuvchi.uz / TERGOV QILISH DAVOMIDA ANIQLANGAN KRIPTO-AKTIVLARNI OLIB QOʻYISH TARTIBI BELGILANDI

TERGOV QILISH DAVOMIDA ANIQLANGAN KRIPTO-AKTIVLARNI OLIB QOʻYISH TARTIBI BELGILANDI

“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi toʻgʻrisidagi” yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3591, 25.12.2024-y.)

            Unga koʻra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, etkazilgan zararni qoplash uchun olib qoʻyilishi hamda dalil sifatida e'tirof etilishi mumkin. Kripto-aktivlar bilan bogʻliq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish kripto-aktivlar bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart. Quyidagi ma'lumotlar kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari boʻlishi mumkin, jumladan: shubhali operasiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar; xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar; nazorat qiluvchi (lisenziyalovchi) organlarning ma'lumotlari; ochiq axborot manbalaridan olingan ma'lumotlar. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ma'lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 01:11
Saytga qaytish