Kuzatuvchi.uz / “YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILADI

“YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILADI

“Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025-yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan: sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish; sanoat xavfsizligini ta'minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish; sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmogʻida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkaziladi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 01:06
Saytga qaytish