Kuzatuvchi.uz / AYRIM MAKTAB XODIMLARINING BAZAVIY TARIF STAVKASIGA USTAMALAR TOʻLASH TAKOMILLASHTIRILADI

AYRIM MAKTAB XODIMLARINING BAZAVIY TARIF STAVKASIGA USTAMALAR TOʻLASH TAKOMILLASHTIRILADI

“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-226-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi: sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar toʻlab borish tartibini takomillashtirish; sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlash tartibini belgilash; sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish; yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

12-06-2025, 02:45
Saytga qaytish