“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2303-7, 23.12.2024 y.)Unga koʻra, toʻlov stavkalari quyidagicha miqdorda belgilandi: Mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) ROʻDRB uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida; Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida; Yoʻqotilgan bir dona ROʻDRB (mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) oʻrniga yangi bir dona ROʻDRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida undiriladi; Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida; Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) va avtotransport vositalari tirkamalaridan (yarim tirkamalaridan) boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 6,84 baravari miqdorida;
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.