“Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta'minlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-223-son, 20.12.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, mahalliy hokimliklar mas'uliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va oʻzgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizim joriy etiladi. 2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy oʻsish, ishsizlik hamda kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi: 2025-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan er soligʻi, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni toʻliq hajmda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar byudjetlariga oʻtkazish; mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablagʻlarning 90 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.