Kuzatuvchi.uz / CHET EL VALYUTASIDAGI OPERASIYALARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI BELGILANDI

CHET EL VALYUTASIDAGI OPERASIYALARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3587, 19.12.2024-y.)Mazkur BHMS byudjet, banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat'iy nazar Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi operasiyalarini va chet eldagi boʻlinmalarning ma'lumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilaydi. Quyidagi operasiyalar chet el valyutasidagi operasiyalar hisoblanadi:tovarlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid yoki realizasiya qilish; toʻlanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qarzga olish yoki qarzga berish; chet el valyutasida aktivlarni xarid yoki realizasiya qilish yoxud chet el valyutasida majburiyatlarni qabul qilish yoki soʻndirish.Chet el valyutasidagi operasiyani tan olishda uni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Markaziy bankning kursi boʻyicha tan olinadi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

12-06-2025, 02:38
Saytga qaytish