Kuzatuvchi.uz / TEMIR YOʻLDA YOʻLOVCHILARGA YOʻL DAVOMIDA CHOY, ICHIMLIK SUVI, SHAKAR BEPUL BERILADI

TEMIR YOʻLDA YOʻLOVCHILARGA YOʻL DAVOMIDA CHOY, ICHIMLIK SUVI, SHAKAR BEPUL BERILADI

“Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (851-son, 18.12.2024-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi: Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar roʻyxati; Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati; Temir yoʻl transporti sohasida iste'molchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati.Bunda iste'molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

12-06-2025, 02:37
Saytga qaytish