Kuzatuvchi.uz / XODIMNI MEHNAT TA’TILI DAVRIDA (UNING ROZILIGI BILAN) BOSHQA LAVOZIMGA O‘TKAZISH MUMKINMI?

XODIMNI MEHNAT TA’TILI DAVRIDA (UNING ROZILIGI BILAN) BOSHQA LAVOZIMGA O‘TKAZISH MUMKINMI?

Javob 

Ha mumkin, bu bo‘yicha mehnat qonunchiligida hech qanday ta’qiq yo‘q. Mehnat kodeksining 140-modda (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f)siga asosan, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Biroq bu holatda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:

Mehnat shartnomasiga o‘zgartishlar kiritilishi kerak — bu boshqa lavozimga o‘tkazishning huquqiy asosi bo‘ladi.

O‘zgartishlar yozma ravishda rasmiylashtiriladi — bu uchun ish beruvchi va xodim o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv tuziladi.

 

Xodimning ta’tilda bo‘lishi muammoli vaziyat tug‘dirishi mumkin, chunki u ta’til vaqtida ish joyida bo‘lmagani sababli, kelishuvni imzolash texnik jihatdan qiyinlashadi.

 

Tavsiya

Bunday holatda xodim ta’tildan qaytgach, boshqa lavozimga o‘tkazish jarayonini rasmiylashtirish yoki zarur hollarda xodimning ta’til paytida ishonchli elektron vositalar orqali yozma roziligi olinishi mumkin.

 

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Вчера, 16:13
Saytga qaytish