Kuzatuvchi.uz / XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tegishli organlarga yoki sudga murojaat etish bepul huquqiy maslahat olish ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish huquqlarga ega.

Jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod etiladi. 

Vakolatli organlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsni himoya mexanizmi, ko‘rsatiladigan yordam va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishi lozim.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi beriladi.

Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida va 30 kun muddatgacha berilishi lozim.

Himoya orderi - tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, tazyiq o‘tkazayotgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjatdir.

Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yohud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi topshiriladi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga oid barcha ma’lumotlar qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanadi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

4-03-2024, 22:18
Saytga qaytish