Kuzatuvchi.uz / RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT QILISH BO'YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI TASHKIL ETILADI

RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT QILISH BO'YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI TASHKIL ETILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9448) Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.

 

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta'minlash Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 

 

-2025-yil 1-sentabrdan:

 

-xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo'ladi;

 

-majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizasiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo'l qo'yilmaydi;

 

-majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizasiya qilishda:

 

-markirovka kodi kiritilgandan so'ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;

 

-avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo'l qo'yilmaydi.

 

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Вчера, 20:19
Saytga qaytish