Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9448) 2026-yil 1-yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo'yicha masofaviy soliq tekshiruvini o'tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:
- tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;
- majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida ogohlantirish beriladi;
- 2-marta ogohlantirish berilgandan so'ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qo'llanadi;
- jarima qo'llanilgan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining o'rni qoplanmaydi.
2025-yil 1-sentabrdan farmasevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faoliyati bo'yicha yangidan tashkil etilgan subyektlarga lisenziya berishda quyidagi qo'shimcha shartlar kiritiladi:
- faoliyatini amalga oshirish uchun ko'chmas mulk bo'yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo'yilganligi;
- dori vositalarini realizasiya qilishda xaridorlardan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha elektron to'lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.