Kuzatuvchi.uz / MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR RAG'BATLANTIRILADI

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR RAG'BATLANTIRILADI

“Ijodkor yoshlarni ko'llab-quvvatlash va rag'batlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (329-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, madaniyat va san'at sohasida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

 

-ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integrasiya qilinadi;

 

-madaniyat sohasida sun'iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;

 

-umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo'lga qo'yiladi;

 

"Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo'lga qo'yiladi.

 

-Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san'atkorlari o'quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

 

-adaniyat va san'at yo'nalishidagi "Start-Up" loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko'riladi.

 

2026-yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Вчера, 20:11
Saytga qaytish