Kuzatuvchi.uz / “YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN DAROMADLARGA SOLIQ SOLINMAYDI

“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN DAROMADLARGA SOLIQ SOLINMAYDI

Prezident tomonidan 07.02.2024-yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-906-son qonun imzolandi. 

 

Soliq kodeksiga kiritiladigan qoʻshimchaga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar foyda soligʻi solishda hisobga olinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

 

Quvvati 300 kvt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbaalar maхsus vakolatli davlat organida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

22-02-2024, 07:26
Saytga qaytish