Kuzatuvchi.uz / QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

Prezident tomonidan 03.03.2025-yildagi «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi OʻRQ-1042-son Qonun imzolandi.

MJtKga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, oʻlchami 500 m2 va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoхud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish mansabdor shaхslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, jarima BHMning 50 baravarini tashkil etadi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 11:07
Saytga qaytish