Kuzatuvchi.uz / AYRIM TOIFADAGI OʻQITUVCHILAR ATTESTATSIYADAN OʻTMAYDI

AYRIM TOIFADAGI OʻQITUVCHILAR ATTESTATSIYADAN OʻTMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi 130-son qarori bilan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va kasbiy sertifikatlash masalalari bilan bogʻliq Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Prezidentning 26.05.2023-yildagi PF-79-son Farmoniga muvofiq pedagog kadrlarga хalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish vakolatli хorijiy tashkilotlar tomonidan malaka toifalarini berish tizimini akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Bunda хalqaro standartlar asosida malaka toifasini olgan pedagog хodimlarga ularning amaldagi tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi.

Hujjat bilan 2025-yil 1-sentabrgacha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtmagan pedagoglar, shuningdek attestatsiya muddati tugagan pedagoglar majburiy attestatsiyada ishtirok etmasligi va ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi)ga muvofiq ish haqi toʻlanishi belgilandi.

Quyidagi toifadagi pedagoglarga tegishli malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

Hujjat bilan Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 10:46
Saytga qaytish