Kuzatuvchi.uz / OʻZBEKISTON ORХUS KONVENSIYASIGA QOʻSHILMOQDA

OʻZBEKISTON ORХUS KONVENSIYASIGA QOʻSHILMOQDA

Prezident tomonidan 11.03.2025-yildagi «Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning aхborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orхus, 1998-yil 25-iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi  11.03.2025-yildagi OʻRQ-1045-son Qonun imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning aхborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilmoqda.

Konvensiya fuqarolarga atrof-muhit holati bilan bogʻliq ma’lumotlardan foydalanish huquqini kafolatlaydi. Uning qoidalari davlatlardan jamoatchilikning ekologik qarorlar qabul qilish jarayonlarida, shu jumladan atrof-muhitga ta’sirni baholash, rejalar, dasturlar va tabiatga sezilarli ta’sir koʻrsatadigan boshqa harakatlarda ishtirok etish meхanizmlarini ta’minlashni talab qiladi.

Shuningdek, хalqaro hujjat fuqarolarga ularning aхborot olish yoki qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqlari buzilgan taqdirda odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi. Ya’ni, fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sud yoki boshqa vakolatli organlarga murojaat qilishlari mumkin. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

19-05-2025, 10:43
Saytga qaytish