Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

 

“Ta'lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-54-son, 02.02.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

🗂 Loyiha ofisi 2024-yilda quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

 

pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;

professional ta'limdan so'ng oliy ta'limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, 3 yillik ta'lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish;

ta'lim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

🗓 2024-yil 1-sentabrgacha o'quvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimi xalqaro tajribalar asosida takomillashtiriladi.

 

🔘 2024–2025-yillarda:

🔹Professional ta'lim yo'nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori – Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, ta'lim dasturlari esa – yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtiriladi;

🔹kamida 14 ta professional ta'lim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro ta'lim dasturlari, kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyatiga – zamonaviy boshqaruv usullari va ta'lim sifatining yuqori standartlari joriy qilinadi;

🔹pedagogika, qishloq va suv xo'jaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid ta'lim yo'nalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazilishi ta'minlanadi.

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

 

 

 

22-02-2024, 07:11
Saytga qaytish