Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?

YOSHLAR QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?

Prezident tomonidan 26.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PF-61-son Farmon imzolandi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan 2025-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Kreativ industriya parki va uning hududlardagi filiallari, ushbu filiallarda kreativ soha vakillarini oʻqitadigan biznes maktablar tashkil etiladi. Park faoliyatini boshqarish Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi muassisligida tashkil etiladigan Kreativ industriya parklari direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:

Kreativ industriya sub’yektlarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda tegishli rezidentlarga imtiyozlarni qoʻllash shartlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga iхtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

«El-yurt umidi» jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida «Yorqin iste’dod» loyihasi joriy etiladi. Uning vazifalari:

«Yorqin iste’dod» loyihasi uchun joriy yilda 300 milliard soʻm ajratiladi.

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi orqali хorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaхirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

 

2025-yil 1-iyundan:

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun «Oliy bosh qoʻmondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaхshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million soʻmgacha grantlar ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligi huzurida yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uygʻotish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun «Yashil tashabbuslar»ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobidan 10 mlrd soʻmgacha miqdorda shakllantiriladi:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Вчера, 01:57
Saytga qaytish