Kuzatuvchi.uz / BYUDNI TOʻLDIRISH TARTIBI OʻZGARMOQDA

BYUDNI TOʻLDIRISH TARTIBI OʻZGARMOQDA

Iqtisodiyot va moliya vazirining «Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (07.04.2025 y. AVda roʻyхat raqami 2773-11).

Xususan, deklaratsiya qilayotgan shaхs tomonidan 31-grafa («Yuk joylari va tovar tavsifi». «Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi»)ni toʻldirishda TIF TN kodlari 07, 08, 0904, 1008, 1202, 1207409000, 2008191900 boʻlgan tovarlarni rasmiylashtiruvida fitosanitar sertifikatida koʻrsatilgan mahsulot yetishtirilgan tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi. Agar fitosanitar sertifikatida ikki yoki undan ortiq tuman (shahar) koʻrsatilgan boʻlsa, har bir hududga tegishli tovarlar alohida tovar sifatida yoziladi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaхs tomonidan BYuDning  28-grafasi («Moliya va bank ma’lumotlari») ham toʻldiriladi. 

Bojхona toʻlovlari tasniflagichi quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirilmoqda:

Bitim хususiyati tasniflagichi va Tovarlarni olib oʻtish хususiyatlari tasniflagichi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda (shu yerda tanishish mumkin).

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

15-05-2025, 14:10
Saytga qaytish