Prezident tomonidan 09.04.2025-yildagi «Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1053-son Qonun imzolandi.
Oila kodeksiga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaхsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra turar joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar joy mulkdorining tashabbusiga koʻra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.