Kuzatuvchi.uz / ZARGARLARGA QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR BERILDI

ZARGARLARGA QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR BERILDI

18.04.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1059-son Qonun qabul qilindi.

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha "Hunarmand" uyushmasining a’zolariga belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan va "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining a’zolari boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk ob’yektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk soligʻidan va yer soligʻidan ozod etiladi.

Affinaj korхonalari qoʻshimcha ruхsatnomalarsiz quyidagi huquqlarga ega:

Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻzlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Markaziy bankning hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam boʻlmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 12:00
Saytga qaytish