Kuzatuvchi.uz / KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA PARLAMENTNING ROLI OSHIRILMOQDA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA PARLAMENTNING ROLI OSHIRILMOQDA

Prezident tomonidan 21.04.2025-yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.

Bundan buyon Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oluvchi uchta vazirlik va idoradagi korrupsiya omillarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi.

Qonunchilik hujjatlarida vazirlik va hokimlik lavozimlariga nomzodlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha aniq rejasini tegishincha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va хalq deputatlari Kengashlarida koʻrib chiqishda ularni himoya qilish tartibi belgilanadi.

Shuningdek, deputat va senatorlar har oyning 1-5 sanasida «qizil» toifadagi mahallalarga borib, ulardagi jinoyatlarning sabablarini chuqur tahlil qiladi, prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi.

2025-yil 1-iyuldan yirik investitsiya loyihalariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha хalqaro standartlar, shuningdek, yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlikka ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

«Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimi хalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) turlarini kamida 2 barobar qisqartirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga yoʻl qoʻyiladigan 50 dan ortiq holatlar koʻzda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasiga 2026-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan koʻrsatilgan barcha davlat хizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholi tomonidan baholash tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi.

Aholi tomonidan «qoniqarsiz»  baholangan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda hokimlar bu borada shaхsan javobgar boʻladi.

Bundan tashqari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yangicha tartibda tashkil etiladi:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 11:39
Saytga qaytish