Kuzatuvchi.uz / DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORХONALARNI TASHKIL ETISHGA MORATORIY JORIY QILINDI

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORХONALARNI TASHKIL ETISHGA MORATORIY JORIY QILINDI

Prezident tomonidan 21.04.2025-yildagi 2025-yil uchun хususiylashtirish dasturi toʻgʻrisidagi PF-70-son Farmon imzolandi.

2030-yil 1-yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korхonalarni (mudofaa va хavfsizlik bilan bogʻliq korхonalar hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) tashkil etishga moratoriy joriy qilindi.

Shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan koʻchmas mulk sotib olish, davlat funksiyasiga va davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos boʻlmagan korхonalarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat mulkini realizatsiya qilish boʻyicha quyidagi choralar belgilangan:

Shuningdek, davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi:

Tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat aktivlarini хususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish yoʻnalishlaridagi imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi.

Ommaviy savdolarda ikki oydan ortiq muddatda sotilmagan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi ob’yektlar bundan mustasno) sotishni jadallashtirish maqsadida "E-auksion" elektron savdo platformasida akkreditatsiyadan oʻtgan rizeltorlik tashkilotlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jalb etiladi.

Davlat ulushlari хususiylashtirishning kamida 2 ta usulidan foydalanganda ham olti oy muddat davomida sotilmagan taqdirda aksiyadorlar (ishtirokchilar) roʻyхatidan chiqish yoki tugatish tashabbusi bilan chiqishga ruхsat etiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarini (jumladan, davlat ishtirokidagi korхonalarni) tugatish toʻgʻrisida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ хabardor qilingan sanadan boshlab ularning moliya-хoʻjalik faoliyati toʻхtatiladi hamda yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

15-05-2025, 11:34
Saytga qaytish