Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar-joy mulkoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.