Kuzatuvchi.uz / MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI REALIZATSIYAGA CHIQARADIGAN AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI REALIZATSIYAGA CHIQARADIGAN AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

2025-yil yakunigacha 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;

istiqbolli bozorlarga 2025-yilda 442 million AQSH dollari, 2026-yilda 575 million AQSH dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taʼminlash;

2025-yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha 40,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

2028-yil 1-yanvargacha meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi:

har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda;

2027-yil 1-aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qo‘llanadi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Сегодня, 02:22
Saytga qaytish