Kuzatuvchi.uz / XUSUSIY NAZORAT TIZIMI MEXANIZMLARI SHAKLLANTIRILADI

XUSUSIY NAZORAT TIZIMI MEXANIZMLARI SHAKLLANTIRILADI

Farmonga ko'ra, yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi;

 

xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish yakuniga yetgandan so'ng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;

 

qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi;

 

xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud bo'lmaganda obyektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

 

Quyidagilar xususiy qurilish nazorati obyektlari hisoblanadi:

 

2 qavatdan yuqori bo'lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

 

qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq bo'lmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Сегодня, 01:43
Saytga qaytish