Elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjati talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi. Shartnoma qonunchilikda belgilangan, shartnomani tuzish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning mazmuniga va shakliga oid talablarga mos bo‘lishi kerak. Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qog‘ozdagi shunga o‘xshash hujjatlarga tenglashtiriladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.