Kuzatuvchi.uz / XUSUSIYLASHTIRILMAYDIGAN MULKLAR HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

XUSUSIYLASHTIRILMAYDIGAN MULKLAR HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi yer (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno), yer osti boyliklari, shuningdek suv omborlari, shu jumladan qor va sel natijasida to‘plangan suv omborlari, suv xo‘jaligining yirik va o‘ta muhim obyektlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni hamda pochta markalarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyaning, Ichki ishlar vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining korxonalari, muassasalari, shuningdek harbiy texnikaviy mulki (sanoatda utilizatsiya qilinguniga qadar yoki sanoatda utilizatsiya qilinmaydigan mulki), ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar, radioaktiv elementlarni kavlab olishni, ishlab chiqarishni, transportda tashishni, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mishni, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar xususiylashtirilmaydigan davlat mulklari hisoblanadi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-03-2025, 03:57
Saytga qaytish