Kuzatuvchi.uz / QANDAY HOLLARDA BEPUL YURIDIK YORDAM BERILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

QANDAY HOLLARDA BEPUL YURIDIK YORDAM BERILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Kam ta’minlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar, ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar, jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi, ishga tiklash haqidagi, ish haqini undirish to‘g‘risidagi, alimentlarni undirish haqidagi, uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi, mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar bo’yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi. 

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-03-2025, 03:45
Saytga qaytish