Kuzatuvchi.uz / IQTISODIY RAQOBATDA SHAXSLAR GURUHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

IQTISODIY RAQOBATDA SHAXSLAR GURUHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortig‘iga egalik qiladigan, ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi o‘z ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortig‘iga egalik qiladigan (ega bo‘ladigan) yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etiladi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-03-2025, 03:44
Saytga qaytish