Kuzatuvchi.uz / TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Mototsikllar, motorollerlarni va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi — o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi, ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan va o‘rindiqlar soni haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, bundan taksi mustasno — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi, ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini boshqarish huquqi — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi, taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi — yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi, transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi — ushbu qismning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga transport vositasini boshqarish staji o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan taqdirda beriladi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-03-2025, 03:25
Saytga qaytish