Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazishi, o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi, ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi, o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi kerak.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.