Kuzatuvchi.uz / TUPROQNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

TUPROQNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni amalga oshirish, ifloslangan, buzilgan yoki boshqacha tarzda degradatsiyaga uchragan tuproqni tiklash, tuproq monitoringini yuritish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining tuproq muhofazasini ta’minlashga, undan oqilona foydalanishga hamda tuproq unumdorligini saqlashga doir tegishli majburiyatlarini belgilash, tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish bo‘yicha iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishda manfaatdorlik mexanizmini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish chog‘ida tuproq va suv manbalarining sho‘rlanishini, botqoqlanishi hamda ifloslanishini istisno etadigan usullardan foydalanish, sho‘rlangan yerlarda meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, yerlarni davriy ravishda tekislash, ihota daraxtzorlarini barpo etish, qum ko‘chishining oldini olish va uni mustahkamlash tadbirlari bilan ta’minlanadi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-03-2025, 03:03
Saytga qaytish