Kuzatuvchi.uz / IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Kreativ iqtisodiyot ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligiga asoslanadi. Barcha shaxslar kreativ industriya sohalarini tanlashda va ularning bir yoki bir nechtasida faoliyat olib borishda, shuningdek kreativ mahsulot yaratishda erkindir. Ijod erkinligi boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazishga, qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undashga yoki targ‘ib qilishga qaratilmasligi hamda ijtimoiy axloqqa zid bo‘lmasligi kerak.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

22-03-2025, 11:39
Saytga qaytish