Psixologik yordam turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:psixologik profilaktika; psixologik ko‘rik; psixologik reabilitatsiya; psixologik korreksiya; psixologik maslahat; psixologik trening. Psixologik muammolarni keltirib chiqaruvchi omillar va shart-sharoitlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar psixologik profilaktikadir. Psixologik ko‘rik shaxsning normal hayot kechirishiga xalal beruvchi, uning xulq-atvoriga va boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatlariga salbiy ta’sir qiluvchi muammolarni aniqlash, shaxsga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan psixologik yordamning turini, shaklini, hajmini va muddatlarini belgilash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.