Barvaqt tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, tashqi siyosat strategiyasi va taktikasini fosh etuvchi, O‘zbekiston Respublikasining davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama munosabatlarini tavsiflovchi tashqi siyosat, tashqi savdo, ilmiy-texnik aloqalar masalalariga doir ma’lumotlar va shu kabi boshqa ma’lumotlar; bitta yoki bir necha chet davlatga nisbatan siyosiy, iqtisodiy, harbiy yoki ilmiy-texnik masalalar yuzasidan ishonchlilik tartibida olingan ma’lumotlar, agar ularning oshkor etilishi manbaning aniqlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar deb hisoblanishi mumkin.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.