Kuzatuvchi.uz / KOSMIK FAOLIYAT NIMA MAQSADDA AMALGA OSHIRILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

KOSMIK FAOLIYAT NIMA MAQSADDA AMALGA OSHIRILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Kosmik faoliyat O‘zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish, yerni, kosmik fazoni va samoviy jismlarni tadqiq etish, shuningdek ular to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni to‘plash va rivojlantirish, kosmik texnologiyalar yordamida sohalarning raqamlashtirilishini jadallashtirish, ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiyaga, tijoratga oid sohalar va boshqa sohalarning manfaatlarini ko‘zlagan holda mamlakat hududini kosmik texnologiyalar yordamida tadqiq etish, kosmik faoliyat sohasida kosmik xizmatlar ko‘rsatish, iqlim o‘zgarishining oldini olish va uning ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududini doimiy ravishda monitoring qilib borishga ko‘maklashish, kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

22-03-2025, 11:26
Saytga qaytish