Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘radi. Oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan choralar davlat zaxirasini yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasini yaratish, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki undan olib chiqishni tartibga solish, ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini aholi yillik ehtiyojlarining kamida sakson foizi miqdorida bo‘lishini ta’minlash orqali ta’minladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.