Omonatlarni kafolatlash agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) davlat muassasasi bo‘lib, u banklardagi omonatlarning himoya qilinishini kafolatlash sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalar to‘lash, bankni sanatsiya qilishda Jamg‘arma va sanatsiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish, kafolatlash obyektlarining egalari bo‘lgan omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish, jamoatchilikning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish va bank tizimi barqarorligini ta’minlash Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.