Yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida, O‘zbekiston Respublikasining o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun BHMning 80 foizi miqdorida, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjatini berganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorda davlat boji undiriladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.